Ishning maqsad va vazifalari. Ijtimoiy-madaniy faoliyatning nazariy asoslariga tayangan holda ma’naviy-ma’rifiy muassasalar faoliyatida badiiy adabiyotning o`rnini aniqlash, madaniy-ma’rifiy muassasalarda badiiy asarlardan foydalana olishning zamonaviy usullarini o`rganish, hozirgi globallashuv jarayonida badiiy asarlarning mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda yoshlar qalbiga singdirish yo`llarini ishlab chiqish hamda konkret asarlar misolida ko`rsatib berish mazkur bitiruv malakaviy ishning asosiy maqsadi hisoblanadi.