O’zbekistonda dunyoviylikka asoslangan demokratik davlat, fuqarolik jamiyati shakllanishi ham diniy va dunyoviy mafkuralarning hamjihatligi, hamkorligi asosidagina amalga oshishi mumkin . Ayniqsa hozirgi sharoitda diniy va dunyoviy mafkuralarga bo’lgan munosabatlarda bir tomonlamalik, ularning u yoki bu xususiyatlarini xolisona baholay olmaslik nazariy va amaliy jihatdan katta zarar keltiradi.