O`zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishishi jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanishida tub burilish yasadi. Bunday sharoitda yangilanayotgan jamiyatning ma’naviy rivoji, jumladan ta’lim tizimini qayta ko`rib chiqib, yuksaltirishni nazarda tutgan g`oyalar ilgari surildi.