Amorf jism ba’zi sharoitlarda o’z-o’zidan ham kristall holatga o’tishi mumkin. Bunga oltingugurtni misol sifatida keltirish mumkin. Juda qadimiy binolar oynasi va eskirib ketgan billur idishlar o’zining yaltiroqlik xususiyatini yo’qotadi.
Amorf jismlarda atomlarning eng yaqin qo’shnilari o’rtasida tartib va davriylik saqlanadi, uzoqlashgan sari tartib va davriyligi buzila boshlaydi. Qancha ko’p uzoqlashsa, buzilish shuncha kuchliroq bo’ladi. Shuning uchun amorf jismlarning yaqin tartibi saqlangan va uzoq tartib va davriyligi to’la saqlanmagan qattiq jismlar deb qabul qilingan.
Ushbu bitiruv malakaviy ishida amorf yarim o’tkazgichlarga oid ma’lumotlar, ulardan yasalgan quyosh elementlarining xususiyatlari o’rganilgan.