O’zbekiston Respublikasining janubi-g’arbiy qismida Qarshi cho’lida Qashqadaryo viloyati, G’uzor tumani joylashgan bo’lib, Sho’rtan gaz kondensati konlari negizida barpo etilgan.
Majmuaning faoliyati Unitar Sho’’ba korxonasi shaklida tashkil etilgan bo’lib, bevosita O’zbekneftgaz Milliy Xolding Kompaniyasi tasarrufidagi O’zneftgazqazibchiqarish aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradi.
Hozirrgi kunda korxonaning atrof-muhitga ta’siri ustidan to’laqonli kuzatuv ishlarini olib boorish uchun tarkibida Ekoanalitik labaratoriyaga ega bo’lgan atrof-muhit muhofazasi bo’limi tashkil etilgan. Mazkur laboratoriyaning davriy sinovi O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo’mitasi tarkibidagi Analitik Nazoratga Ixtisoslashgan davlat Ispeksiyasi tomonidan ijobiy baholanib kelmoqda.