Bugungi kunda O`zbekistonda ta’lim-tarbiya sohasi davlat siyosati darajasiga ko’tarilib, mutlaqo yangicha qarash barpo etildi, desak mubolag’a bo`lmaydi. Umumiy o`rta ta’lim maktablari tasdiqlangan meyoriy hujjatlar asosida o`quvchilarga 9 yil davomida o`ziga xos darajada yakuniga yetgan zamonavny bilim berishni nazarda tutadi. Akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarida esa o`quvchi yoshlar o`z qiziqishlaridan kelib chiqib ixtiyoriy-majburiy holda bilim, malaka va ko’nikmalarni chuqurlashtirish imkoniyatiga ega bo`ladilar.