Otkir Hoshimov


Tongich kuyov bolganimiz uchunmi, qishloqqa borsak, darrov shaharlik kuyov keldi, deb ovoza bolib ketadi. Olmoqning bermogi bor, deganlaridek, tez-tez javob vizitlari ham bolib turadi. Yaqinda yana shunday boldi. Ishdan qaytib eshikni ochishim bilan yangangiz Tursunoy roparamga keldi.
 Tsh...  dedi u korsatkich barmogini labiga bosib.  Sekinroq, namoz oqiyaptilar.
 Kim?  dedim men ham beixtiyor pichirlab.
 Bogbon amaki.
 Kim u, bogbon amaki?
Tursunoy shuncha yildan buyon bogbon amakini tanimaysizmi, degandek qoshini chimirdi.
 Qishloqda u kishini hamma taniydi. Xudo yarlaqab bir kelib qolibdilar. 
Sekin yechinib, oyoq uchida uyga kirdim. Bogbon amaki televizorning antennasini moljallab sajdaga bosh qoygan ekanlar. Anchadan keyin kotarib, ong tomonga, chap tomonga salom berdilar-da, qaddilarini rostlab, menga ogirildilar.
 Assalomu alaykum, kuyov bola! Xop salomatgina bormisiz?  Bogbon amaki bilan birinchi marta korishib turgan bolsak ham eski qadrdonlardek quchoqlashdik. Odamni bir qarashda bilsa boladi. Bogbon amaki kop odamoxun kishi ekan. Dasturxon atrofiga otirishimiz bilan mosh-guruch soqolini tutamlab gapga kirishib ketdi.
 Bu deyman, kuyov yigit, ishlar kopayib ketdimi? Qishloqqa kam boradigan bolib qoldingiz. Qaynotangiz kop asl odam-da! Bolalikdan tepkilashib katta bolganmiz. Shu deng shaharga ketyapman, deb qolmaymanmi! Bizning farzandlarimiznikida on-on besh kun turib kelmasangiz qattiq xafa bolaman, deb turib oldi. Men ham yuzidan otolmadim.
 Juda yaxshi qilibsiz, rahmat,  dedim quvonib.
Bogbon amaki, u dunyoni ham, bu dunyoni ham baravar olib boradiganlardan ekan. Osh oldidan qittak-qittak haligi narsadan qilsakmikan, degandim, noz qilib otirmadi.
 Ha, endi buning ozi harommas. Kayfi harom,  dedi piyolani qoliga olib. Shundan keyin ikkovimizning ham qulfi dilimiz ochilib ketdi. Bogbon amaki ogzidan bol tomib yangangizni maqtay ketdi.
 Tursunoy qishloqning eng oldi qizi edi-da, oziyam. Baxtingiz bor ekan. Shundoq qizimizga uylandingiz. Qaynotangizni aytmaysizmi? Shaharga uzum sotgani ketyapman desam, gastinisa-pastinisa qilib urinib yursangiz, betingizga qaramayman, deydi-da! Bu yil bozorda uzum serob. Shu kunda sotib qolmasak, erta-indin yanayam arzonlashib ketadi. On-on besh kun bir gayrat qilamiz-da, endi. Yolgiz qollik qilmayin deb, jiyanni olib kelganmiz. Bozorda uzumga qorovul bolib qoldi. Uyam siz bilan bir otamlashmoqchi ozi. Oqishga kiraman, sot bolaman, deydi. Topgan hunarini qarang.
 Nega olib kelmadingiz?  dedim astoydil ranjib.
 Aytayapman-ku, bozorda qorovullik qilib qoldi. Ertaga albatta olib kelaman. Xop ulfat yigit-da, oziyam!
Yarim kechgacha gurunglashib otirdik. Keyin Tursunoy bogbon amaki ikkalamizga uyga joy solib berdi. Ozi balkonga chiqib yotdi. Bir xonalik uyda turgandan keyin odam organib ketarkan. Ayol mehmon kelib qolsa, men, erkak mehmon kelsa, Tursunoy balkonga chiqib ketadi.
Bogbon amaki sozida turadigan odam ekan. Ertasiga ishdan kelsam chust doppi kiygan, ixchamgina yigit bilan gurunglashib otirishibdi.
 Ie, assalomu alaykum!  Yigitcha sakrab turib men bilan quchoqlashib korishdi.  Sog-salomat yuribsizmi, pochchajon? Eshik-ellar tinchmi, pochchajon! Bardamgina yuribsizmi, pochchajon? Togamlar bilan bir kelib qolgandik.  U bogbon amakiga ishora qildi.  Pochchang bilan otamlashmasang bolmaydi, deb turib oldilar. Tursunoy opamizning xojayinlari bilan tanishamanu quvonmaymanmi, deb yugurib keldim. Mening bozor-ocharga tobim yoq. Asli bu yerga oqishga kirish uchun kelganman. Bir yordamlashib yuridicheskiyga joylab qoymasangiz bolmaydi, pochchajon. Hozir tanish-bilishsiz ish bitmaydi.
 Bilasizmi, oqishga kirish qiyin,  dedim mingillab.  Mening tanishlarim yoq.
Bogbon amakining qulogida lokator bor ekanmi, mingillab aytgan gapimni ham darrov eshita qoldi.
 Ashnaqa demasinlar-da, kuyov! Siz ham sot tayyorlaydigan institutda ishlaysizmi, axir?
 Amakijon, men domla emas, aspirantman,  dedim tushuntirib.
 Aspirantmi-maspirantmi, bir joyda ishlagandan keyin baribir emasmi?  Bogbon amaki astoydil ajablandi.  Men ham boqqa suv taragan suvchiga besh-on yashik uzum beramanmi? Buyam shunga oxshagan narsa-da! Institut ham ozlariga dehqonchilik!
Nima deyishimni bilmay turgan edim, oshxona tomondan Tursunoyning yotalgani eshitildi.
Bunaqa "adresli" yotallarning manosini yaxshi bilib qolganman. Meni chaqiryapti. Darrov oldiga chiqdim.
 Gorga unaqa deysizmi?  dedi pichirlab.  Ozini olib qochyapti, deb oylamaydimi?
 Nima qilay, rostini aytayapman-da!
 Qishloqdagilar sizni butun shaharni yotqizib turgizadigan odam, deb oylashadi. Bir gap qilarmiz, deya qoya qoling. Ha, undan keyin.  Tursunoy ovozini yanayam pasaytirdi.  Anavu sapojki olgurni olmasam bolarkan. Uyda bir tiyin pul qolmabdi. Mehmonlar yana on-on besh kun turadiganga oxshaydi. Oylikkacha biror yerdan pul topmasangiz bolmaydi.
Bu kecha ham mehmonlar bilan allapallagacha gaplashib otirdik. Toga-jiyanni xoli qoldirish uchun alohida joy qilib berdik. Yangangiz odatdagidek balkonda, men bolsam oshxonada yotdim. Oshxonaga ornashib qolgan piyozdog hidi konglimni bir oz behuzur qilganini hisobga olmaganda juda yaxshi uxladim.
Ertalab qongiroq tovushidan uygonib ketdim. Shosha-pisha yolakka chiqsam, Tursunoy chaqqonlik qilib, allaqachon eshik oldiga borib olibdi. U eshikni ochdi-yu, atlas koylak kiygan, sochini maydalab organ ayolni korib, qichqirib yubordi.
 Voy, Adol, ozingmisan?!
Ikkovlari bir-birining quchogiga otilishdi, cholpillatib opishishdi.
 Bu mening dugonam  Adolat,  dedi Tursunoy entikib.  Bolalikdan birga osganmiz.
Adolat ichkariga kirar-kirmas iymanib pichirladi.
 Men yolgiz emasman,  u yuzlari lovillab qizarganicha, Tursunoyning qulogiga bir nima deb shivirladi.
 Voy, shunaqami!  Tursunoy quvonganidan qarsak chalib yubordi.  Chaqir bolmasa.  U menga qarab tushuntirdi.  Adolatning toyi yaqinda boldi. Kuyov ikkovlari Toshkentga oynagani kelishgan ekan.
Zum otmay kattakon chamadon kotargan novcha, oriq yigit kirib keldi. Toga-jiyanlar, kelin-kuyovlar, ozimiz toplanishib nonushta qildik. Hamqishloqlar soginishib qolishgan ekan, xop gurunglashishdi.
 Gastinitsaga borsak joy yoq,  dedi Adolat kelinlarga xos tabassum bilan.  Shu yoqqa qarab kelaverdik. On-on besh kun turib, Tursunoyni xursand qilib kelinglar, deb ayamlarning ozlariyam aytgan edilar.
Boyadan buyon jim otirgan kuyov endi gapga aralashdi.
 Toyga bormadinglar-da!  dedi u gavdasiga yarasha ingichka tovushda. Gapirganida uchli baqbaqasi likkillab turarkan. Endi payqadim. "Bizni toyga aytmovdinglar shekilli", degim keldi-yu tagin oylab qoldim. Kim bilsin, balki Tursunoyga xat-pat yuborishganu men bexabar qolgandirman.
 Men Toshkentga uch yil oldin bir kelganman. Juda ozgarib ketibdi,  dedi kuyov yana baqbaqasini likkillatib.
 Bu kishining ozlari sizlarga shaharni tomosha qildiradilar,  yangangiz menga imo qildi.  Shunaqa paytda oynab qolmasanglar, keyin vaqt topilmaydi.
 Biz ham shuni oylab turgandik,  kuyov tasdiqlab bosh silkidi.  Kochaning chetiga ka-a-a-ta qilib "Sanat ustalari kontserti" deb yozib qoyibdi. Apisha! Baqqa kelayotganda ashi kansertga tushamiz, deb qoygandik. Parishtalar omin degan ekan. Pochchamiz torttagina bilet topsalar birgalashib tomosha qilamiz!
Nonushtadan keyin Tursunoy bilan yolakka chiqib maslahatlashdik.
 Endi bundoq qilamiz. Ishxonadagi ortoqlardan qarz kotarib turaman. Joy masalasini bunday taqsimlaymiz. Kelin-kuyovga ichkariga joy qilib berasan. Yosh narsalar ekan. Bir-biridan ajratish yaxshimas. Bogbon amaki balkonda, jiyani oshxonada yota qolsin. Ozing bir amallab kavshandozga joylasharsan. Men kechqurun, mehmonlar bilan otirishib bolgandan keyin ishxonamga borib yota qolaman. Ishimiz ikki smenalik deb bahona qilaman.
 Mayli,  dedi Tursunoy pichirlab.  Faqat tezroq pul topmasangiz bolmaydi. Aksiga olib kok choy ham qolmabdi. 
Pulni olgandan keyin qaysi bozorga borsam ekan, degan oy bilan zinadan tushib ketayotgandim, bir oz xirillagan ovoz eshitildi.
 Ie, assalomu aleykum, kuyovtora!
Chochib boshimni kotardim. Roparamda yuzlari oftobda qoraygan, chayir gavdali, qosh belbog boglagan kishi turardi. Pastdan esa besh-olti yoshlardagi bolasini yetaklab semiz xotin harsillab chiqib kelardi.
Notanish kishi korishish uchun quchoq ochgandi, qolimni chozib qoya qoldim.
 Ie, tanimadilar shekilli, kuyov?  dedi u ranjib.  Qishloqqa borganlarida hamsuhbat bolgandik. Qarta oynagandik. Pirra! Ammo ozlari pirraning xop hadisini olgan ekanlar! Qatorasiga yetti marta qoldirgandingiz...
 Kelaveringlar, kelaveringlar,  dedim damim ichimga tushib.  Bemalol...
 Ozlariga yol bolsin?  dedi "pirrachi".
 Menmi? Men kochib ketyapman. Aspirantlar uyiga!  shunday dedimu, uchta zinani bitta qilib sakrab-sakrab pastga tushdim-da, kochaga otildim.


Telegram.me/KitobL kanali uchun